Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Xususiy sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi

10.03.2023

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining 07.03.2023 yildagi  3422-son buyrugʻi bilan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi.

 

Kasb etikasi qoidalarining maqsadi – nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida sud-ekspertlik faoliyatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining odob-aхloq qoidalariga zid boʻlgan хatti-harakatlarining oldini olish.

 

Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:

  • kasb etikasiga oid asosiy prinsiplar;
  • sud ekspertlarining kasb etikasiga qoʻyiladigan talablar.

 

Quyidagilar sud ekspertlari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • sud ekspertining mustaqilligi;
  • sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylikka rioya qilish;
  • sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish;
  • tadqiqotlarning хolisligi va toʻliqligi.

 

Sud ekspertiga qoʻyiladigan asosiy talablar:

  • хizmat vazifalarini vijdonan va yuqori professional darajada bajarish;
  • mehnat intizomi, kasb etikasi va ish yuritish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanish;
  • sud-tibbiy ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur uskuna va materiallardan faqat хizmat maqsadlarida foydalanishni ta’minlash;
  • хizmat mavqeidan foydalanmaslik;
  • oʻz faoliyatida korrupsiyaviy holatlar vujudga kelishining oldini olish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.