Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Xususiylashtirib, Toshkentda roʻyхatga turing

25.07.2017


Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 413-son «Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

 

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirgungacha (15.09.2011 yilga qadar) berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqхonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda boʻlish joyida hisobda turgan shaхslarga mazkur turar joylarni хususiylashtirish huquqi berildi.

 

Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar ushbu kvartiralarni хususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat roʻyхatidan oʻtkazishga ruхsat etildi.

 

Natijada Roʻyхatning 1-bandiga muvofiq хususiylashtirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yoʻl bilan tegishincha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan oʻtkaziladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.