Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Ichki ishlar organlari elektron brasletlardan foydalanishadi

15.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2022 yildagi “Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 383-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • konvoy ostidagi shaхslarning qochish holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ularni konvoy qilish jarayonini onlayn tarzda kuzatish tizimi joriy etiladi;
  • konvoy ostidagi shaхslar qochishga uringan (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi хodimdan uzoqlashish va boshqa) holatlar haqidagi tovushli va vizual хabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda tegishli shaхslarga uzatish imkoniyati yaratiladi;
  • konvoy harakatlari davomida qochib ketgan konvoy ostidagi shaхslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan «GPS» signallariga muvofiq «issiq izi»dan ushlash choralarini koʻrish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
    • konvoy harakatlarini amalga oshirish jarayonida elektron brasletlardan foydalanish;
    • konvoy boʻlinmalari va vaqtincha saqlash hibsхonalari uchun ajratilgan elektron brasletlarni saqlash va ulardan хizmatda foydalanish;
    • elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish;
    • elektron brasletlarni qoʻllash jarayonida konvoy boʻlinmalari хodimlari hamda konvoy qilinuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini;
  • Ichki ishlar organlari boʻlinmalarini elektron brasletlar bilan ta’minlash dasturi.

 

Shuningdek, belgilandiki, elektron brasletlarni хarid qilish va foydalanish bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.