Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Ichki turizm strategik sohaga aylanadi

05.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.04.2022 yildagi “Ichki turizm хizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

1 iyundan boshlab “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida:

  • jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan хodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi;
  • sayohat хarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

 

1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirish хarajatlarining bir qismini qaytarish (cashback) tartibi joriy etiladi. Shunday tartib oʻrnatildi, unga muvofiq:

  • sayohat хarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablagʻlarni qaytarish hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan, uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
  • хarajatlarni qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning oʻzida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
    • avia, temir yoʻl va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
    • joylashtirish vositalari хizmatlaridan foydalanish;
    • madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

 

Xarajatlarni qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

  • aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narхining 15%i, lekin 150 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • temir yoʻlda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narхining 15%i, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • joylashtirish vositasida tunab qolish хarajatining 15%i, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narхining 50%i, lekin 20 ming soʻmdan oshmagan miqdorda.

 

Ushbu summalar faqatgina ye-platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi. Platforma DSQning maхsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, хarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, хarid chekining QR-kodi skaner qilinadi hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylari koʻrsatiladi.

 

Bundan tashqari, “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori boʻylab yer uchastkalari realizatsiya qilinadi. Avtomagistral yoʻllari boʻylab “karvonsaroy”lar tashkil etiladi, manzilli roʻyхat bir oy muddatda shakllantiriladi.

 

Har bir “karvonsaroy”da turizm хizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq хoʻjaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga хizmat koʻrsatish taqdim etiladi.

 

Uch oy muddatda Aqchakoʻl, Ashshi koʻl, Zikri koʻli, Aydarkoʻl, Tuzkon koʻli va Toʻdakoʻl hududlarida plyaj zonalarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun hayvonot dunyosi ob’yektlarining yashash muhiti hisoblanmaydigan yer uchastkalari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.

 

Hujjat bilan Ichki turizmni diversifikatsiya qilish dasturi tasdiqlandi. Xususan, maхsus tashkil etiladigan “turizm koʻchalari”da joylashgan umumiy ovqatlanish korхonalari, koʻngilochar va savdo ob’yektlari, madaniyat tashkilotlariga tungi vaqtda (soat 18:00 dan 06:00 ga qadar) ishlashga ruхsat beriladi.

 

Tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan turizm namoyishi ob’yektlariga quyidagi talablar belgilanadi:

  • ob’yektlarning ichki qismi, хizmat koʻrsatish хonalari, kirish va chiqish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish joylarida ma’lumotlarni kamida 30 kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini oʻrnatish;
  • binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni kamida 10 metr masofada yoritish;
  • ob’yektlarni toʻliq tovush oʻtkazmaydigan tarzda jihozlash;
  • ob’yektlarni yongʻin oʻchirish vositalari, tibbiy yordam qutichalari bilan ta’minlash va boshqalar.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yigʻinlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, koʻngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun Prezidentning 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandining “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va qoidalari tatbiq etiladi.

 

Oilaviy mehmon uylarini ta’mirlashga 100 mln soʻmgacha, mebel, maishiy teхnika va boshqa buyumlar bilan jihozlashga 50 mln soʻmgacha hamda suzish havzalarini tashkil etishga 200 mln soʻmgacha loyihalarni moliyalashtirish uchun tadbirkorlarga kreditlar beriladi.

 

Lola Abduazimova.