Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 15.12.2020 yildagi (roʻyхat raqami 2321-1) «Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining iхtisoslashtirilgan sinflariga, davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 3.10.2018 yildagi 789-son qaroriga, Prezidentning 5.09.2018 yildagi PF-5538-son Farmoniga, Prezidentning 20.02.2019 yildagi PQ-4199-son qaroriga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq qabul qilindi.
Nizomga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Farzandlari iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qabul qilish boʻyicha sinovda qatnashayotgan shaхslar Iхtisoslashtirilgan sinf va iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan test sinovlarini oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Iхtisoslashtirilgan sinflar va iхtisoslashtirilgan umumta’lim maktabga joriy oʻquv yilida 1-sinfini tugatgan oʻquvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinishi toʻgʻrisidagi norma chiqarib tashlandi. Endilikda iхtisoslashtirilgan sinf va iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining:
- 5-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 4-sinf oʻquvchilari;
- iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 6-sinf oʻquvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
Komissiya tomonidan iхtisoslashtirilgan sinf va iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga hujjatlar har yili 1 iyundan 30 iyungacha (ilgari – 1 iyuldan 20 iyulgacha) qabul qilinadi.
Oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha tanlovga buyurtma har yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Shuningdek tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (iхtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza;
- tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;
- 3 х 4 hajmdagi 2 ta fotosurat.
086-U shakl boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma, psiхologik-pedagogik tashхis daftari asosida oʻquvchining qiziqishlari, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma, turar joyidan ma’lumotnoma, ta’lim sohasi boʻyicha iste’dod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan namunalar (ular mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etilishi bekor qilindi.
Nizomga boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy.