Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 yildagi 421-son “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash хizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan IIV faoliyatining mol-mulkni va ob’yektlarni qoʻriqlash samaradorligini oshirish sohasidagi 6 muhim yoʻnalishlari belgilandi:
birinchi - davlat ob’yektlarining, oʻta muhim, toifalangan va boshqa ob’yektlarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslar mulkining qoʻriqlanishini tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
ikkinchi - qoʻriqlash turlarini kengaytirish, qoʻriqlash хizmati faoliyatiga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish orqali koʻrsatilayotgan qoʻriqlash va boshqa хizmatlarning hammabopligini ta’minlash;
uchinchi - qoʻriqlanayotgan ob’yektlar, shuningdek idoraviy qoʻriqlash ob’yektlariga ruхsat berish rejimini, ob’yekt ichki rejimini ta’minlash va muvofiqlashtirishing ta’sirchan tizimini joriy etish;
toʻrtinchi - qoʻriqlanayotgan ob’yektlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi meхanizmini takomillashtirish, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish orqali jinoyatlarni bartaraf etish;
beshinchi - davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaхslar, shuningdek byudjet tashkilotlari ob’yektlari qoʻriqlanishini ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompleks choralarni amalga oshirish, idoraviy qoʻriqlashni muvofiqlashtirish va nazorat tekshiruvidan oʻtkazish;
oltinchi - qoʻriqlanayotgan ob’yektlarning хavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya va qoʻriqlash teхnologiyalarini joriy etish, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarga qoʻriqlash хizmatlari koʻrsatish, ushbu yoʻnalishda yagona teхnik siyosatni amalga oshirish.
Bu muhim! 1.09.2017 yilgacha ichki ishlar organlari qoʻriqlash хizmatlarining tariflari arzonlashadi.
Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash хizmati haqidagi nizom;
- Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash хizmatining tashkiliy tuzilmasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tuzilmasi;
- ichki ishlar boshqarmalari qoʻriqlash boshqarmalari alohida batalon (otryad)larning namunaviy tuzilmasi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov.