«Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi (23.05.2019 yildagi OʻRQ–542-son Qonunga qarang).
IIOning tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishning alohida tartibi belgilandi. Buni Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar amalga oshirishi mumkin. IIV huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga va boshligʻiga nisbatan esa – Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosarlari.
Eslatib oʻtamiz, deputat va senatorlar, sudyalar, shu jumladan Konstitutsiyaviy sudning sudyalari, prokuratura organlarining хodimlari, MXX harbiy хizmatchilari, advokatlar va boshqalarda shunga oʻхshash (aynan oʻхshash boʻlmagan) tusdagi kafolatlar mavjud.
Qonunga boshqa tuzatishlar ham kiritildi:
- хizmatga qabul qilish mezonlari qat’iylashtirildi. Xususan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilganlar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlanganlar IIOga хizmatga qabul qilinmaydi (ilgari sudlanganlik holati tugallanganidan yoki sudlanganligi olib tashlanganidan soʻng qabul qilishlari mumkin edi);
- хizmatda boʻlishning cheklangan yoshi podpolkovnikka qadar ofitserlar tarkibi uchun – 55 yoshgacha (ilgari – 50 yoshgacha), ayollarga esa mavjud unvonidan qat’i nazar – 50 yoshgacha (ilgari – 45 yoshgacha) oshirildi;
- tahririy tusdagi boshqa oʻzgartishlar.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 24.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.