Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil I choragi uchun kimlar tanlanma kuzatuvga tushganSugʻurta хarajatlari qanday tan olinadi va soliqlar solinadi Oʻzbekistonda Elektron tijorat qoidalarida nimalar oʻzgarmoqda

Ikki yil ichida 3 mingga yaqin mikro GESlar quriladi

07.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.03.2025 yildagi «Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-129-son Qaror imzolandi.

 

2025-2026 yillarda respublika boʻylab 3 mingga yaqin mikro gidroelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan. Eng koʻpi Andijon viloyatida (763 ta), eng kami poytaхtda quriladi.

 

Natijada 280 ming aholi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 1,2 mingta vaqtinchalik, keyinchalik esa 520 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi.

 

Mikro GESlar tayyor biznes-loyiha sifatida quyidagi tartibda sotiladi:

• asosiy mezoni boʻlib-boʻlib toʻlash muddatini qisqartirish hisoblangan onlayn auksion savdolari asosida mikro GESlar tadbirkorlik sub’yektlariga realizatsiya qilinadi;

• boshlangʻich badal qiymatning 30 foizini tashkil etadi, qolgan 70 foizini boshlangʻich muddati 60 oy boʻlgan davr mobaynida toʻlanadi;

• auksion savdolarini oʻtkazish reglamenti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Energetika vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev