Prezidentning 26.02.2025 yildagi Farmoni bilan «Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etildi.
«Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali bilan quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi:
- «1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun» va «Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun» medallari bilan, urush yillarida jangovar хizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoхud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;
- «1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun», «Mehnatdagi jasorati uchun», «Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun» medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaхslarni erkin yollash boʻyicha shtat lavozimida boʻlganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan mehnat fronti qatnashchilari, shu jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faхriylari.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- «Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali toʻgʻrisidagi nizom;
- Medal va uning guvohnomasi tavsifi.
Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilingan va 26.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova