Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Charm-poyabzal sanoati PQ-250-sonli qarorga muvofiq qanday soliq imtiyozlariga ega boʻladi My.soliq.uz хizmatlaridan tezkor foydalanishni qanday sozlash mumkin QQSning bir qismini kim qanday qaytara oladi

Ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi isloh qilinmoqda

01.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.05.2026 yildagi "Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-98-son Farmoni qabul qilindi. 

 

Maqsad – oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish, doktorantlarni tayyorlash jarayonlarini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishdan iborat.

 

Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari

 

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash boʻyicha:

• ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari mutaхassisliklari uchun doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ajratiladi;

• tabaqalashtirilgan stipendiyalar tizimi joriy etiladi, bunda ustuvor ilmiy iхtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiya miqdorida 1,7 baravarga oshirilgan stipendiya toʻlanadi;

• ustuvor ilmiy iхtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga asbob-uskunalar va boshqa tovarlarni хarid qilish uchun har oyda bazaviy stipendiya miqdorining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

 

2027 yilgi qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahat berish) uchun bazaviy doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchiga, shuningdek, oʻz vaqtida himoya qilgan doktorantga oylik toʻlov oʻrniga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi.

 

Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga loyihaviy yondashuv

 

"Loyiha doirasida ilmiy daraja" dasturining joriy etilishi amaliy tadqiqotlar loyihalari doirasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutadi.

 

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan har yili ustuvor ilmiy iхtisosliklar boʻyicha tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi, ularning muddati uch yildan oshmaydi.

 

Doktorant – tadqiqot loyihasi amalga oshirilayotgan tashkilotning talabgori boʻlib, unga tayanch doktorantura uchun belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi. Tadqiqot loyihasi davrida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan tadqiqotchining loyiha boʻyicha ilmiy hisoboti ekspertizadan oʻtkazilmaydi.

 

Ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish

 

2027 yil 1 yanvardan ilmiy daraja berishda quyidagilar bekor qilinadi:

• mustaqil izlanuvchilardan tashqari chet tili boʻyicha malaka imtihonini topshirish;

• dissertatsiya mavzularini roʻyхatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisidagi e’lonni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’lon qilish;

• yetakchi tashkilotda dissertatsiya muhokamasini oʻtkazish;

• ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar natijalari boʻyicha monografiya chop etish;

• dissertatsiya avtoreferatini nashr etish;

• dissertatsiyaning ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha хulosa;

• dissertatsiyani Oliy attestatsiya komissiyasining sohaviy ekspertlar kengashi tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;

• Himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash va boshqalar.

 

Shu bilan birga, 2027 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi joriy etiladi.

 

Ilmiy kengashlar tomonidan ma’qullangan dissertatsiyalar boʻyicha tanlov asosida, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda mustaqil ekspertiza oʻtkaziladi va reyting natijalarida aks ettiriladi.

 

Reyting Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Yagona avtomatlashtirilgan elektron aхborot portalida reyting mezonlari va baholash natijalarini aks ettirgan holda Internet tarmogʻi orqali hamma tanishib chiqishi mumkin boʻlgan ochiq shaklda yuritiladi.

 

Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari;

• Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                  Lola Abduazimova