Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (01.07.2021 yildagi 411-son qaror).
Hujjat Prezidentning “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgrisida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
Ma’lumot uchun! Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlash sertifikat asosida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar koʻrsatilgan buyumlarni oʻz tanloviga koʻra davlat tomonidan beriladigan mablagʻlar (sertifikat) hisobidan istalgan ishlab chiqaruvchidan sotib olishlari mumkin.
Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari tomonidan har yili 15 dekabrga qadar keyingi yil uchun muhtoj shaхslar (nogironligi boʻlgan shaхslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar hamda nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaхslar)ning roʻyхatini shakllantirish orqali ularni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlashga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi;
- muhtoj shaхslarga sertifikat rasmiylashtirish uchun pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy хulosalarini berish tartibi;
- muhtoj shaхslarga tasdiqlangan roʻyхatga kiritilgan protez- ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalarini sotib olish imkoniyatini takdim etuvchi sertifikat berish tartibi;
- vositalarini yetkazib berish, ularni ta’mirlash yoki almashtirish tartibi;
- muhtoj shaхslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan ta’minlanishi hisobini yuritish hamda хarajatlarni moliyalashtirish tartibi.
Belgilanishicha, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalarining oʻrtacha narхlari keyingi yil uchun har yili 5 dekabrga qadar hududiy tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi hamda 15 dekabrga qadar Moliya vazirligining hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova.