Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Import qilinadigan shakar bojхona boji va aksizdan ozod qilindi

14.09.2017

 

Bu davlat rahbari saytida e’lon qilingan Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ-3269-son qarorida koʻzda tutilgan.

 

2017 yil 15 sentyabrdan e’tiboran shakarqamish, qand lavlagi va qattiq holatdagi kimyoviy jihatdan toza saхaroza uchun quyidagilar boʻyicha “nol” stavka oʻrnatildi:

  • 1701 TIF TN kodi boʻyicha import bojхona boji;
  • 1701 91 00 va 1701 99 TIF TN kodlari boʻyicha aksiz soligʻi.

 

DBQga import boʻyicha olib kelinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning oʻz vaqtida va toʻsqinliksiz bojхona rasmiylashtiruvini ta’minlash topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz