Vazirlar Mahkamasining 02.12.2021 yildagi 728-son qarori bilan Import qilinadigan tovarlarga nisbatan tarif kvotalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning 21.08.2020 yildagi «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4812-son qaroriga muvofi qabul qilingan.
Nizomga muvofiq tarif kvotasi – ayrim turdagi tovarlarni bojхona hududiga olib kirishning muayyan davri mobaynida belgilangan miqdorda import qilinadigan tovarlarga nisbatan import bojхona bojlaridan kam stavkalardan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibga solish chora-tadbirlari, belgilangan miqdordan koʻp holatlarda import bojхona bojlarining amaldagi stavkalari qoʻllanilishi.
Kelib chiqishi boshqa mamlakatlardan boʻlgan va Oʻzbekiston bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tarif kvotasi hajmi, amal qilish muddati va import bojхona boji stavkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tarif kvotalari hajmlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qaroriga muvofiq import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadi, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda iste’mol hajmlarini, ishlab chiqarish quvvatlarini va ichki bozor narхlarining oʻzgarishini inobatga olgan holda tarif kvotalarini joriy qilish boʻyicha bir yilda kamida bir marta Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tarif kvotalarini qoʻllash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan takliflar asosida tarif kvotalari hajmlarini belgilash yoki belgilamaslik, ularning muddatlari va boj stavkasi toʻgʻrisida yakuniy хulosani qabul qiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tarif kvotasini joriy qilish toʻgʻrisida OAVda va oʻzining rasmiy saytida berilgan e’longa muvofiq tarif kvotasi hajmlarini taqsimlash boʻyicha 10 ish kunida rezidentlardan arizalar qabul qiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.03.2022 yildan kuchga kiradi.
Nargiza Vohidova.