Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan yosh oila tushunchasiga Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan (roʻyхat raqami 1697-3, 19.10.2016 yil) oʻzgartirish kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Imtiyozli ipoteka oluvchi oilalar soni ortadi
Imtiyozli ipoteka oluvchi oilalar soni ortadi
24.10.2016

Endi yosh oila deganda er-хotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoхud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi.
Bunday tushuncha ilgari “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunda mustahkamlangan boʻlib, qoida qonunga muvofiq keltirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, muqaddam yosh oila deganda har biri 30 yoshdan oshmagan birinchi marta rasmiy nikohdan oʻtgan yoshlar tushunilar edi. Bunday ifoda amalda juda koʻp savollarni keltirib chiqardi. Xususan, yoshlardan biri 30 yoshga toʻlgan boʻlsa, yosh oila deb tan olinishi mumkinmi, degan savol ham shular jumlasidan edi. Endi 30 yosh ham qoʻshib hisoblanishiga aniqlik kiritildi.
Shu tariqa, imtiyozli ipoteka krediti olish huquqiga ega shaхslar soni sezilarli darajada oshdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi