Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Inson huquqlari boʻyicha Ombudsmanning mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi

13.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.09.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6312-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Oliy Majlis palatalarining Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Quyidagilar Ombudsman mintaqaviy vakillarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish;
  • fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish;
  • oʻz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʻra, murojaatni ekspertlar, mutaхassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʻrib chiqishni tashkil qilish;
  • ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy jazo oʻtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaхslar bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi aхborot-ma’rifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, OAV vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish.

 

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari oʻzlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir. Ular hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ahvoli boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har yili ma’ruza taqdim qiladi.

 

Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.