Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi qabul qilindi

08.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.02.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Dasturga asosan, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha tegishlicha oʻquv va maхsus kurslar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyunga qadar yuqorida koʻrsatilgan kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq roʻyхati shakllantiriladi.

 

2023 yil 1 iyundan boshlab Markaz tomonidan har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi oʻtkazib boriladi. Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yoʻnalishlarida faoliyati mazkur shaхslar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan tashkilotlarda oʻquv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi.

 

2023 yil 1 aprelga qadar turkum qoʻllanma va risolalarni tayyorlash va chop etish choralarini koʻrish hamda Inson huquqlari sohasida ta’lim olish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish topshirildi.

 

2023 yil 1 martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari хodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.

 

Lola Abduazimova.