Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Intellektual mulk: zararlarni qoplash oʻrniga – kompensatsiya

12.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.09.2024 yildagi “Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-959-son Qonun imzolandi.

 

Qonunchilikka intellektual mulk ob’yektlaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan zararlarning qoplanishi oʻrniga tovon toʻlanishi tartib-taomili joriy etilishini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Tegishli oʻzgartirishlar:

 

Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlanishini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, toʻlanadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev