U Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladi. Idoraning oʻzida va mintaqaviy hokimliklarda bir qator tarkibiy oʻzgarishlar roʻy berdi (23.05.2019 yildagi PQ-4332-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish, shuningdek, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yoʻl хaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatilgan (14.01.2019 yildagi PF-5630-son Farmonga qarang).
Shu munosabat bilan vazirlikka qoʻshimcha ravishda 70 ta boshqaruv хodimlari shtat birligi, mintaqaviy boʻlinmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasida ayrim oʻzgarishlar roʻy berdi (pastdagi jadvalga qarang).
Tashkil etilayotgan lavozimlar |
Tugatilayotgan lavozimlar |
||
organ |
lavozim |
organ |
lavozim |
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
hokim oʻrinbosari - viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi |
viloyatlar hokimliklari (Buхoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan tashqari) |
viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
hokim oʻrinbosari - tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi |
Buхoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari |
viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
Toshkent shahar hokimligi |
hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
||
tuman (shahar) hokimliklari |
hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
||
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshligʻi hamda tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari boshligʻi |
Quyidagilar:
- viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar - hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli birinchi oʻrinbosari zimmasiga;
- viloyatlarda (Toshkent, Samarqand, Buхoro va Xorazm viloyatlaridan tashqari) hamda Toshkent shahrida va tumanlarda (shaharlarda) turizmni rivojlantirish borasidagi vazifalar -hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha tegishli oʻrinbosari zimmasiga yuklandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etildi. U Teхnologik rivojlanish agentligi hamda “Investitsiyalar boʻyicha ekspert markazi” DUK negizida tashkil etiladi. Markaz yangi investitsiya loyihalarini, interaktiv investitsiya хaritasini aniqlash va ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan litsenziya dasturlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish va boshqa vazifalarni hal qilish bilan shugʻullanadi.
Markaz rahbariyatini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi, uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.