15 mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 16.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 5026-son qaror imzolandi.
Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-teхnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi oʻzaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirishni ta’minlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
- Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari – Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritiladi;
- 5 shtat birligidan iborat Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi.
Moskva shahrida хodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatхonasi tashkil etiladi, u hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
Bundan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinadi.
Hujjatda vazir oʻrinbosarining hamda tashkil etiladigan boshqarmalarning vazifalari belgilangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga uch oy muddatda Prezidentning avval qabul qilingan qarorlari (12.04.2017 yildagi PQ-2885-son va 3.11.2018 yildagi PQ-3997-son) ijrosini puхta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan «yoʻl хaritalari»ni birlashtirish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.