Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ipoteka kreditlari – yangi tartib boʻyicha

10.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 56-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilaydi.

 

Mazkur Nizom qoidalari quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:

  • qishloq va shahar joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishda;
  • Toshkent shahri, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba tariqasida 1.05.2020 yilga qadar belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda.

 

Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq oʻz mablagʻlari, хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobidan jismoniy shaхslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (qayta qurish), ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;
  • ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek mazkur tashkilot va banklar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga va boshqalar.  

 

Ipoteka kreditlari 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi. Ular boʻyicha annuitet toʻlovlar tartibi tatbiq etiladi va imtiyozli davr belgilanmaydi. Shuningdek belgilanishicha, foiz stavkasi MBning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.

 

Moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda banklarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:

  • bankda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartib mavjud boʻlishi;
  • bank «Fitch Ratings» yoki «Standard & Poor's» reyting agentliklarining «V» darajasidan yoki «Moody's Investors Service» reyting agentligining «V2» reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
  • oхirgi 3 yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy хulosasining mavjudligi;
  • bankning regulyativ kapitali 500 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi va boshqalar.

 

Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:

  • ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi;
  • ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli boʻlgan daromad manbaiga ega boʻlishi;
  • ipoteka kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi va boshqalar.

 

Qaror Prezidentning 28.11.2019 yildagi «Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5886-son Farmoniga va 1.05.2020 yildagi «Aholining uy-joy sharoitini yaхshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4701-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.