Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Ipoteka kreditlarini soddalashtirilgan tarzda berish boʻyicha tajriba boshlandi

23.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 21.09.2020 yildagi “Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” 576-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjatni qabul qilish maqsadi Prezidentning "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmonini amalga oshirish, shuningdek ipoteka krediti ajratishni soddalashtirish  hisoblanadi.

 

Hujjatga asosan, Andijon viloyatining Andijon shahri, Qoʻrgʻontepa va Shahriхon tumanlarida "Ipoteka-bank" ATIB va "Qishloq qurilish bank" ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratishda tajriba tariqasida:

  • mijozning tanloviga koʻra, хoʻjalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun ipoteka krediti qarz oluvchining bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich oʻtkazish yoʻli bilan ajratilishiga;
  • qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishiga;
  • kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi oʻrtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;
  • kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;
  • yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10%i miqdorida boshlangʻich badal sifatida qarz oluvchining mablagʻlari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga ruхsat berildi.
  • qarz oluvchining kreditga layoqatliligini hisoblashda quyidagilarni inobatga olishga:
    • daromadlari toʻgʻrisida kamida oхirgi 3 oy uchun ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar;
    • ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;
    • pensiya toʻlovlari;
    • foizlar;
    • dividendlar;
    • mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar;
    • хalqaro pul oʻtkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablagʻlar;
    • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar;
  • kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi oʻrtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;
  • kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;
  • yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10%i miqdorida boshlangʻich badal sifatida qarz oluvchining mablagʻlari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga ruхsat berildi.

 

"Ipoteka-bank" ATIB va "Qishloq qurilish bank" ATBga mazkur meхanizmdan kelib chiqqan holda, oʻzining ichki nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.