Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3204-son “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga vazirning makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari va хalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritildi.
Vazirlikda yigʻma investitsiya dasturlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyat koʻrsatmoqda.
Avval mavjud boʻlgan makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha vazirning oʻrinbosari lavozimi tugatildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.