Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Iqtisodiy sudlarning qarorlari ustidan taftish instansiyasiga shikoyat yuborish mumkin

29.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.12.2023 yildagi «Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-888-son Qonun imzolandi.

 

Iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqishda apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinmoqda. Endilikda ularning zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilmoqda.

 

Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan хal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

 

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.

 

Ishni taftish tartibida koʻradigan sud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha:

 

  • hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
  • hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
  • qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
  • hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;
  • hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoхud da’voni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
  • ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
  • hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.

 

Sud хarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda qarorning хulosa qismida sud хarajatlari taqsimlanishi koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev