Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Ish beruvchilar yuriskonsultlar haqidagi ma’lumotlarni yuboradigan organlar oʻzgardi

31.05.2018

Rus tilida oʻqish


Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2861-1, 25.05.2018 y.) bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, adliya organlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari, shuningdek mazkur хizmatlar хodimlarining ma’lumotlari bazasini yuritadilar. Davriy malaka oshirishlar va attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish maqsadida shunday qilinadi.

 

Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5415-son Farmoni bilan tuman adliya boʻlimlari tashkil etildi (batafsil – bu yerda) va baza uchun ma’lumotlarni yigʻish tartibini soddalashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Endi yuridik хizmatlar va ularning хodimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar belgilangan shaklda quyidagicha taqdim etiladi (Nizomga 1 va 2-ilovalarga qarang):

 

Kim tomonidan taqdim etiladi

Qayerga taqdim etiladi

1

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, respublika miqyosidagi davlat organlari va tashkilotlari

Adliya vazirligi

2

Viloyat miqyosidagi davlat organlari va tashkilotlari  

Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari

3

Tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) miqyosidagi davlat organlari va tashkilotlari

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari

 

Ilgaridek, ma’lumotlar yil yakunlariga koʻra yozma va elektron shaklda (keyingi yilning 10-sanasiga qadar) taqdim etiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_