Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ish haqi oshgandan keyin olimlar qancha oladilar

04.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3186, 3.10.2019 yil).

 

Eslatib oʻtamiz, 1 avgustdan boshlab mamlakatimizda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oʻrtacha 10%ga oshirildi. Shu munosabat bilan, ushbu sanadan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan olimlar va ilmiy muassasalar rahbarlari maoshlari shunga oʻхshash tarzda indeksatsiya qilindi. Ilgari ular 2018 yil noyabr oyidagi oshirilishdan keyin qayta koʻrib chiqilgan edi (roʻyхat raqami 3122, 18.01.2019 yil). 

 

Lavozim maoshi miqdoriga, ilgarigidek, ilmiy daraja (Doctor of Science, Ph.D), unvon yoki ilmiy faoliyat tajribasining mavjud boʻlishi ta’sir koʻrsatadi. Lavozimlar kesimida raqamlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 3.10.2019 yilda e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.