Prezident tomonidan 17 avgust kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:
2021 yilning 1 sentyabridan boshlab:
- byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Quyidagilar:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 soʻm;
- bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 soʻm;
- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 soʻm;
- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 soʻm etib belgilanadi;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilanadi.