Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar 1 noyabrdan oshiriladi

15.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning tegishli Farmoni imzolangani haqida davlat rahbarining saytida хabar berildi.

 

Indeksatsiya 2018 yil 1 noyabrdan boshlab amalga oshiriladi va 1,1 baravarni (ya’ni 10%, tahr.) tashkil etadi. Shu tariqa, koʻrsatilgan sanadan boshlab quyidagi eng kam miqdorlar amal qiladi:

 

ish haqi

oyiga 202 730 soʻm

yoshga doir pensiyalar

oyiga 396 500 soʻm

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa

oyiga 396 500 soʻm

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa

oyiga 243 300 soʻm

 

Ma’lumot uchun: koʻrsatilgan toʻlovlarning amaldagi eng kam qiymatlari 15 iyuldan belgilangan, ular bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Byudjet tashkilotlaridagi ish haqi, shuningdek pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlarga ish haqini belgilangan eng kam miqdorga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.

 

Hukumatga keyingi yil boshidan YaTSning quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini oʻrtacha 10%ga, sh.j. 1-razryad boʻyicha – 15%ga, 2-razryad boʻyicha – 10%ga va 3-razryad boʻyicha – 5%ga oshirish vazifasi topshirildi. Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band boʻlgan universal kasblar хodimlarining razryadlari ushbu sanadan yangilanishi lozim.

 

Bundan tashqari, 2019 yil 1 sentyabrga qadar Byudjet tashkilotlarida mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasining loyihasi ishlab chiqiladi. Maqsad – mehnatga haq toʻlash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas’uliyati bilan yanada uzviy bogʻliqligini ta’minlash.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_