2019 yil 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi (Prezidentning 12.07.2019 yildagi Farmoniga qarang).
Amaldagi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda quyidagi manzara namoyon boʻladi:
Eng kam miqdor |
2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 avgustgacha (soʻm) |
2019 yil 1 avgustdan (soʻm) |
Oshirilish miqdori (%) |
ish haqi 1 sentyabrdan boshlab – bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori |
202 730 |
223 000 |
10 |
yoshga doir pensiyalar |
396 500 |
436 150 |
10 |
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa |
396 500 |
436 150 |
10 |
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga |
243 300 |
267 650 |
10 |
Tegishincha, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) ham oshadi. Hozir u EKIH (202 730 soʻm) va YaTSning birinchi razryadi boʻyicha tarif koeffitsiyentining (2,847) koʻpaytmasi sifatida belgilanib, 577 172,31 soʻmni tashkil etadi. Shu tariqa, 1 avgustdan “minimal” miqdorning oshishini inobatga olgan holda MHEKM 634 881 soʻmni (223 000 х 2,847) tashkil etadi. 1 sentyabrdan esa MHEKM qat’iy belgilanadi va 634 880 soʻmga teng boʻladi.
Bundan tashqari, 2019 yil 1 avgustdan boshlab:
- II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50%idan 75%iga oshiriladi va 327 112,5 soʻmni tashkil etadi;
- II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaхslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori EKIHning 50%idan 75%iga oshiriladi va 167 250 soʻmni tashkil etadi;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi, hozir - zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nafaqa miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Amaldagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlanib qolinadi (quyidagi jadvalga qarang).
Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasining oʻzgarishi dinamikasi |
|||
Mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soni |
Miqdori (%) |
Summasi (soʻm) |
|
2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 avgustgacha |
2019 yil 1 avgustdan |
||
Uchta va undan ortiq |
100 |
243 300 |
436 150 |
Ikkita |
75 |
182 475 |
327 112,5 |
Bitta |
50 |
121 650 |
218 075 |
- I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda EKIHning 25%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov, ya’ni 55 750 soʻm joriy qilinmoqda.
Oleg Zamanov.