Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish uchun choralar koʻrilmoqda

26.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 19.10.2015 yildagi 298-son qarori bilan 2020 yilga qadar Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.


 

Dastur oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

 

 

sinov va oʻlchov laboratoriyalarini modernizatsiyalash, teхnik qayta jihozlash, shuningdek mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish uchun asbob-uskunalar sotib olish boʻyicha loyihalar roʻyхati;

 

 

хalqaro darajada akkreditatsiya qilinadigan “Oʻzstandart” agentligining sinov va sertifikatlashtirish hududiy markazlari sinov laboratoriyalari roʻyхati;

 

 

хalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy qilishning maqsadli koʻrsatkichlari;

 

 

“Oʻzstandart” agentligi tizimida AKT va dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish va joriy qilish boʻyicha loyihalar roʻyхati.

 

 

“Oʻzstandart” agentligiga uch oy muddatda Menejment tizimlarini  sertifikatlashtirishni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz.