27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Ishlamayapsizmi – imtiyozlarni qaytaring
Ishlamayapsizmi – imtiyozlarni qaytaring
25.01.2017

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin bir yil mobaynida YaTT sifatida davlat roʻyхatidan oʻtgan taqdirda ularga imtiyoz taqdim etiladi: davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan 6 oy muddatga ozod etiladi. Ammo davlat roʻyхatidan oʻtilgan paytdan boshlab 12 oy ichida faoliyatini tugatsa, faoliyatni amalga oshirgan barcha davr uchun, shu jumladan, imtiyozli 6 oy uchun ham soliq toʻlashi zarur (SKning 375-moddasi).
Endi mazkur moddaga kiritilgan qoʻshimchalar asosida ushbu norma bitiruvchi boʻlgan YaTTning faoliyati uch oydan koʻp muddatga toʻхtatib turilganda ham qoʻllaniladi.
Masalan, kollej bitiruvchisi YaTT sifatida yanvar oyida roʻyхatdan oʻtdi. Umumiy qoidaga koʻra u yanvar oyidan iyun oyiga qadar qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etiladi. Ammo agar u faoliyatini, masalan, sentyabr oyida toʻrt oyga toʻхtatib tursa, yanvardan avgustga qadar boʻlgan davr, ya’ni faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun soliqni toʻlashi kerak.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi