Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Issiqlik ta’minoti tizimi takomillashtirilmoqda

07.06.2016

Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 182-son qarori bilan respublika issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Issiqlik ta’minoti sohasida faoliyat yuritayotgan qator aksiyadorlik jamiyatlarini davlat unitar korхonalariga (DUK) aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan DUKlarining muassislari hisoblanadilar.

 

AJlarni DUKlariga aylantirish jarayoni 2017 yil 1 yanvargacha amalga oshirilishi kerak.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.