Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (30.11.2020 yildagi 753-son VMQga qarang).
Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda – ishlab chiqaruvchilar) oʻrtasida spirtni taqsimlash Nizomda keltirilgan sхema boʻyicha, tasdiqlangan spirt ishlab chiqarish va sarflash parametrlari doirasida har yili amalga oshiriladi.
Spirt taqsimoti hisobot choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin ishlab chiqaruvchilar tomonidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) Nizomda keltirilgan shakllarga muvofiq taqdim etiladigan arizalarga asosan amalga oshiriladi.
Oʻz faoliyatini hisobot choragi davomida boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun spirt taqsimoti ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida taqsimlanmagan spirt qoldiqlari (mavjud boʻlsa) asosida amalga oshiriladi.
Ariza topshirgan ishlab chiqaruvchining rahbari arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda spirt maqsadli sarflanishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.
Spirt Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tahlillar asosida taqsimlanadi va arizada soʻralgan hajmlardan farq qilishi mumkin. Tahlil oʻtkazishda arizada keltirilgan quyidagi ma’lumotlar koʻrib chiqiladi:
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish boʻyicha litsenziya talablari;
- oʻtgan yilning mos davrida alkogolli va boshqa ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi.
Ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida spirtni taqsimlashda quyidagilar hisobga olinadi:
- spirt ishlab chiqaruvchi korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va ulardagi spirt qoldiqlari;
- ishlab chiqaruvchining litsenziya talablarini bajarishi va ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatkichlari;
- kalendar yil davomida har bir spirt ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan spirtning umumiy hajmidagi ulushi.
Taqsimlangan spirt toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan hisobot choragi boshlanishidan kamida 5 kun oldin spirt ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlarda koʻrsatilgan taqsimot hajmlari ishlab chiqaruvchilarning kontragentlar bilan choraklik (yillik) spirt oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga asos boʻladi.
Spirt ishlab chiqaruvchilar kontragent korхonaning moliyaviy holatidan kelib chiqib spirt qiymatining kamida 50%ini oldindan toʻlov asosida sotishi mumkin.
Joriy chorakda ishlab chiqaruvchi tomonidan olinmagan (taqsimlangan va qoʻshimcha) spirt hajmi keyingi chorakka oʻtkazilmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi mazkur chorakda yuklab joʻnatilmagan spirt mahsuloti hajmi uchun oldindan toʻlangan toʻlovni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Agentlik tomonidan haqiqatda ishlab chiqarilgan spirt hajmlari va uning aylanmasi monitoringini olib borish maqsadida spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar Agentlikka har oyning 3-kunidan kechiktirmasdan oʻtgan oy uchun Nizomga ilovalarda keltirilgan shakllarda ma’lumotlar taqdim etib boradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy.