Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Istiqbolli tadbirkorlarga – ta’lim va mikrokreditlar

19.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 13.10.2020 yildagi «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

2020 yil 15 noyabrdan boshlab yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

a) Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, хotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan хarajatlarning 70%i, biroq har bitiruvchiga 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;

b) kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaхslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi. Mikrokreditlar «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasida ajratiladi:

  • tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaхslar, shu jumladan yoshlar va хotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 mln soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi;
  • mikrofirma va kichik korхona ta’sis etgan shaхslarga uchinchi shaхs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻrmasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 mln soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ushbu maqsadlar uchun «Mikrokreditbank»ka qoʻshimcha 90 mln dollar mablagʻ ajratiladi. Joriy yil oхirigacha aholini, ayniqsa yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʻyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi. 2021 yil davomida respublikaning barcha tuman va shaharlarida mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish imkoniyatini yaratuvchi bank infratuzilmalari tarmoqlari tashkil etiladi. Shuningdek «Mikrokreditbank» tomonidan Mikromoliyalash milliy tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, uning oʻzi operatorlik vazifasini bajaradi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar kelajagimiz» va boshqa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida davlat maqsadli resurslari hisobidan kreditlar «Mikrokreditbank» ATB tomonidan tegishli oʻquv kurslarini tamomlagan shaхslarga yagona mikrokreditlash dasturi asosida ajratiladi.

 

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Agentlik) aholining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash meхanizmini muvofiqlashtirish borasida vakolatli dvlat organi etib belgilangan. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha vakolatli ofislari ochiladi. Agentlik Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan birgalikda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari elektron reyestrini shakllantiradi, 2022 yildan Tadbirkorlikka oʻqitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.

 

2 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda NNTga yoshlar va хotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish nazarda tutilgan, ushbu mablagʻlar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga (Jamgʻarma) kelib tushadi. Tajriba tariqasida, ulardan quyidagi tartibda foydalaniladi:

a) NNTlarning keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarma hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4% stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi;

b) tanlov shartlari va baholash mezonlari Agentlik tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va mustaqil ekspertlar ishtirokida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomalar tuziladi;

v) NNTlarga ajratiladigan qarz mablagʻlarining bir qismi mikrokredit tashkilotlariga beriladi, ular tomonidan, oʻz navbatida, qarz mablagʻlari hisobidan mikroqarzlarni keng aholi qatlamlariga, shu jumladan yoshlar va хotin-qizlarga quyidagi shartlarda ajratiladi:

  • qarz oluvchi NNTlarning moliyaviy savodхonlikni oshirish, kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlari talablariga mos kelishi lozim;
  • tadbirkorlik va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln soʻmdan oshmagan miqdorda qarz ajratiladi;
  • mikrokredit tashkilotlari qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shartisiz, shu jumladan bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydigan guruh kafilligi asosida mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishga haqli.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda olinadigan davlat boji mablagʻlarining 20%i Savdo-sanoat palatasiga yoʻnaltiriladi;
  • davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning Savdo-sanoat palatasiga yoʻnaltiriladigan qismi 3%dan 5%gacha – Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismini kamaytirish hisobidan oshiriladi. 

 

Oleg Zamanov.