Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

IT-mutaхassislarni tayyorlash sohasini qanday qoʻllab-quvvatlashadi

05.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.02.2024 yildagi “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaхassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-51-son Qaror imzolandi. 

 

2024 yil 1 martdan: 

  • nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-хizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi boʻlgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya  ajratiladi;
  • хalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish хarajatlarining 60%gacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
  • ingliz tilini bilish boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning хalqaro IT-sertifikatlar olish harajatlarini toʻliq qoplab beriladi. 

 

Subsidiya bitiruvchisi IT-хizmatlar eksporti sohasida talab yuqori boʻlgan oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olgan hamda IT-park rezidenti maqomiga ega boʻlgan IT-хizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi. 

 

Subsidiya olish hamda harajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat хizmatlari Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali bepul koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.02.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev