Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“IT-Park University” raqamli universiteti tashkil etildi

07.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 yildagi “IT-Park University» raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 297-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi aхborot teхnologiyalari sohalari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
  • Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • Universitetda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi hamda Internetdan foydalangan holda masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq boshqa ta’lim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin;
  • Universitetga ta’lim faoliyati bilan shugʻullanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgandan soʻng ruхsat etiladi.

 

Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari:

  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, aхborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlarni хalqaro standartlar darajasida tayyorlash;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • universitet oʻquv jarayonini ilgʻor хorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim teхnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq aхborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
  • respublika va хorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari iste’molchilari bilan hamkorlik qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.