Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

“IT talents” loyihasi doirasida subsidiyalar ajratiladi

20.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024 yildagi “IT-хizmatlar eksporti yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaхassislarni tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 86-son qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 2024 yil 1 martdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilari IT-хizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga joylashganda bir martalik subsidiya  ajratiladi.

 

Subsidiya olish uchun bitiruvchi oʻqishni tamomlaganidan keyin 3 oy muddatda tashkilotga ishga joylashgan boʻlishi, tashkilotda 6 oydan ortiq muddat davomida uzluksiz ravishda ishlab kelayotgan boʻlishi lozim.

 

Subsidiya olish jarayoni YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan subsidiyalar miqdorlari tasdiqlanmoqda:

T/r

Bitiruvchining 6 oy uchun oʻrtacha ish haqi

Bir nafar bitiruvchiga ajratiladigan subsidiya miqdori

Nogironligi boʻlgan bir nafar bitiruvchiga ajratiladigan subsidiya miqdori

I. Toshkent shahri boʻyicha

1.

10 MHEKMdan yuqori

75 BHM

105 BHM

2.

6-10 MHEKM

50 BHM

75 BHM

3.

3-6 MHEKM

25 BHM

50 BHM

II. Boshqa hududlar boʻyicha

4.

6 MHEKMdan yuqori

75 BHM

105 BHM

5.

4-6 MHEKM

50 BHM

75 BHM

6.

2-4 MHEKM

25 BHM

50 BHM

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev