Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

ITB va OPEK qishloq joylarni rivojlantirishni moliyalashtiradi

21.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 18 sentyabr kuni “Islom taraqqiyot banki va OPEK хalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Loyiha qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etishga yoʻnaltirilgan.

 

Hujjat bilan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) moliyalashtirish uchun:

  • Islom taraqqiyot banki (ITB) Direktorlar Kengashining $200 mln miqdorida qarz ajratilishi toʻgʻrisidagi qarori;
  • OPEK Direktorlar Kengashining OPEK хalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan $75 mln miqdorida qarz ajratilishi toʻgʻrisidagi qarori ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

 

Qarzlar besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga beriladi.

 

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi Loyihani amalga oshirish davrida mas’ul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat koʻrsatadi.

 

Loyihani amalga oshirishda Oʻzbekistonning ulushi $59,95 mln miqdoridagi mablagʻlardan iborat.

 

Loyiha Qoraqalpogʻiston, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahallalarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish davri - 5 yil (2021-2025 yillar).

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPEK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Loyihaning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;
  • Loyiha doirasida ITB va OPEK kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali;
  • Loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Loyihani amalga oshirish doirasida:

  • hosil boʻladigan QQS summasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
  • olib kiriladigan tovarlarni bojхona bojidan ozod qilish va QQS summasini respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekistonning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 21.09.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.