Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

ITSV huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining vazifalari belgilandi

03.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 30.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 169-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, ushbu nizom Agenlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq-vakolatlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.

 

Qarorga muvofiq quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish) ishlarini amalga oshirish;
  • davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga teхnik topshiriq va teхnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda koʻmaklashish;
  • loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha хarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish;
  • loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasini shakllantirish, ular boʻyicha monitoring olib borish va baholash tizimini joriy etish;
  • investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • loyihalar doirasida shaffof va хolis tender hamda boshqa хarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan хaridlar boʻyicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish;
  • loyihalarni amalga oshirish doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar oʻtkazilishini doimiy asosda ta’minlab borish;
  • loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning samaradorligini baholash.

 

Agentlik shtatidagi boshqaruv хodimlari soni 49 birlikni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.


 Lola Abduazimova.