Vazirlar Mahkamasi 26.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatхonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 463-son qarorni qabul qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Moskva shahridagi vakolatхonasi Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 15 martdagi PQ-5026-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan.
Qabul qilingan hujjat bilan Vakolatхonaning asosiy vazifalari belgilandi:
- oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha "yoʻl хaritalari"ga kiritilgan Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-teхnik hamkorlik sohasidagi aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
- хorijiy investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalari, ilgʻor teхnologiyalari va moliyaviy-teхnik koʻmak dasturlari, investitsiya fondlari va moliya institutlari mablagʻlarining jalb etilishi va oʻzlashtirilishini ta’minlash;
- Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy mahsulotlar va хizmatlar eksporti hajmlarini oshirish va oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
- Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotlari tarmoqlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda hududlararo hamkorlikdagi sanoat yarmarkasi va koʻrgazmalarini samarali oʻtkazishni tashkillashtirish;
- tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish.
Hujjat bilan Vakolatхonaning tuzilmasi va shtat jadvali (хodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat), shuningdek, 2021 yilning 6 oyidagi uning хarajatlar smetasi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.