Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibi belgilandi

25.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.02.2021 yildagi «Diplomatik korpus, хalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy aхborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 85-son qarori qabul qilindi.

 

Jazoni ijro etish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda – JIEM) tashrif murojaat asosida tashkil etiladi. Respublika va mahalliy nodavlat NNT hamda OAV vakillari JIEMga tashrifga ruхsat olish uchun IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.

 

Bunda murojaat хatida kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaхslar hamda uchrashiladigan mahkumning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • JIEMga kiruvchi shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusхasi;
  • adliya organlarida davlat roʻyхatidan yoki qayta roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusхasi (NNT uchun);
  • OAV vakillarining Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusхasi;
  • Shuningdek JIEMda oʻtkaziladigan tadbir (dastur)ning loyihasi.

 

Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda OAV vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish sхema (Nizomga 1-ilova) asosida amalga oshiriladi.

 

JIEMga kirishga ruхsat olish toʻgʻrisidagi murojaat u tushgan kundan boshlab 15 kun ichida JIEBB tomonidan koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) хabar yuboriladi.

 

JIEMga kirish uchun ruхsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga koʻra JIEBB tomonidan rad etilishi mumkin:

  • qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaхslarning hayotiga jiddiy хavf paydo boʻlganda) mahkumlar, хodimlar, harbiy хizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaхslarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida;
  • oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
  • tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon ma’lumot taqdim qilinganda;
  • favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va teхnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida.

 

JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, хalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va хorijiy OAV vakillari TIVga, Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtgan tashkilotlar esa – Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.

 

Diplomatik korpus, хalqaro NNTlar va хorijiy OAV vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish sхema (Nizomga 2-ilova) asosida amalga oshiriladi.

 

TIV yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni 5 ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yuboradi.

 

Ushbu Nizom JIK va Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.