Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy sudining yangi manzili

05.04.2016

Vazirlar Mahkamasining 29.03.2016 yildagi 93-son qarori bilan sudlar va adliya organlari moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Hujjat bilan jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi va sud ijrochilari boʻlimining yangi manzili belgilandi. Shuningdek “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlarini joylashtirish uchun binoning bir qismini Adliya vazirligiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi va sud ijrochilari boʻlimi joylashgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti binosi buzilgan.

 

Qaror bilan sud va sud ijrochilari boʻlimini Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 19 uy manzili boʻyicha Adliya vazirligi binosida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 

 

“Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlariga Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 1 uy manzilidagi binoning bir qismi topshirildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.