Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3197-son “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyatiga Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19-uy manzili boʻyicha koʻchib oʻtadi. Bundan tashqari, institutga “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning binolari, inshootlari hamda istirohat bogʻi oʻtkaziladi (Chirchiq shahri, V.Haydarov koʻchasi, 1-uy).
Oʻz navbatida, Chirchiq olimpiya zaхiralari kolleji Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik koʻchasi, 14-uy manzilida joylashtiriladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi 10 kun muddatda ushbu koʻchmas mulkni koʻrsatilgan ta’lim muassasalariga operativ boshqaruvga oʻtkazadi.
Davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaхiralari kollejini qayta joylashtirish va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. Komissiyaga 10 kun muddatda yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tuzilishi va amalga oshirilishini ta’minlash yuklatildi.
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Davlat jismoniy tarbiya institutida ta’limning sirtqi boʻlimi ochiladi. Institutda tahsil olayotgan milliy terma jamoasi a’zolari, terma jamoa a’zoligiga nomzodlarga ta’limning sirtqi shakliga oʻtishga ruхsat berildi.
Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji faoliyatini tugatadi hamda oʻquvchilar va pedagog kadrlar boshqa kasb-hunar kollejlariga yoʻnaltiriladi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi:
- Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan ob’yektlarni rekonstruksiya kilish va mukammal ta’mirlash maqsadida 2017 yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur mablagʻlarni ajratadi;
- 2018 yil va keyingi yillar Investitsiya dasturini shakllantirishda Davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaхiralari kolleji ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash uchun Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.