Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima sababdan tovar uchun tushum komissioner hisobotlaridan oʻtishi mumkinTovarni marketpleys orqali sotish qanday hisobga olinadi Ish kuni davomida хodimga tanaffuslarni belgilash tartibi

Jismoniy tarbiya mutaхassislari qayerda malaka oshiradilar

05.06.2017


2017 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining 329-son “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 15 fevraldagi PQ–2779-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga birlashtirilgan.

 

Shu munosabat bilan Markazning asosiy vazifalari belgilandi, yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga Markazning ustavini tasdiqlash, uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash, Markazni yuqori malakali mutaхassis-amaliyotchilar, professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlash topshirildi.

 

Markaz Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Koʻkcha darvozasi koʻchasi, 27-uy manziliga joylashtiriladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 5 iyunda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Sardor JUMAShOV,

 ekspert-yuristimiz.