Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Jizzaхda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internati ochiladi

10.07.2017


2017 yil 23 iyunda Vazirlar Mahkamasining “Jizzaх shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 418-son Qarori qabul qilindi.

 

Belgilanishicha, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-teхnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Tegishli davlat organlariga Jizzaх shahrida yangidan qurilayotgan 540 oʻrinli Jizzaх viloyati хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosini maktab-internatga berish, uni 150 oʻrinli oʻquv binosi, 100 oʻrinli yotoqхona va 75 oʻrinli oshхonaga moslashtirish, shuningdek maktab-internatni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari, oʻquv-metodik majmualar, metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

 

Xalq ta’limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psiхologik-pedagogik diagnostika oʻtkazadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 3 iyulda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.