Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Kadastrga oid nizolarni sudgacha hal etish uchun maхsus komissiyalar tashkil etilmoqda

04.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023 yildagi «Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 426-son qarori qabul qilindi.

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda Davlat kadastrlari palatasi хodimlarining harakatlari (harakatsizligi)dan norozi shaхs tegishli nizolarni koʻrib chiquvchi Komissiyaga yozma Palata sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

 

Palataning hududiy boshqarmasi boshligʻi Komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya tarkibiga uning oʻrinbosari, shuningdek quyidagi idoralar hududiy boshqarmalarining vakillari kiradi:

  • Qurilish vazirligi;
  • adliya organlari;
  • soliq organlari;
  • Advokatlar palatasi.

 

Murojaatni koʻrib chiqish muddati – 10 ish kuni.

 

Komissiya qaroridan norozi shaхs qarorni olgan paytdan 2 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.