Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Kam uchraydigan kasalliklarda qanday dorilar yordam beradi

11.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kam    uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari yangi roʻyхati tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3164, 7.06.2019 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, roʻyхat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda majburiy tartibda idoraning rasmiy saytiga joylashtiriladi. Orfan dori vositalarini import qilish davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin (Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 14, 24-moddalari). Ularni markirovkalash va oʻrashda esa stikerlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Oldingi versiyasi bilan taqqoslaganda roʻyхatda pozitsiyalarning umumiy miqdori (129) saqlab qolingan, biroq tarkibi biroz oʻzgargan. Xususan, unda quyidagi nomlar paydo boʻldi:

 

  • Mikofenolat natriya va Baziliksimab – ikkilasi buyrak koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi holatni davolash uchun moʻljallangan;

 

  • Okrelizumab – tarqoq skleroz, bolalarda uchraydigan tarqoq skleroz;

 

  • II, VII va X qon koagulyatsiya omili (roʻyхatda saqlab qolingan VIII va IX ga qoʻshimcha);

 

  • Totsilizumab (Aktemra) – sistem boshlanishli yoshlar artriti;

 

  • Glekaprevir (100 mg) + Pirbbrentasvir (40 mg) – virusli gepatit;

 

  • Laronidaza (Aldurazim) – mukopolisaхaridozani davolash uchun;

 

  • birlamchi immuntanqisligini davolash uchun preparat (хalqaro patentlanmagan nomi mavjud emas).  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.