Prezident tomonidan 02.04.2025 yildagi «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-134-son Qaror imzolandi.
2025 yil 1 maydan 2027 yil 1 aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va yordamini oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, shuningdek, reyestrlarga kiritilmagan, biroq daromadi har bir oila a’zosiga eng kam iste’mol хarajatlarining 1,5 baravaridan oshmaydigan kam ta’minlangan oilalar mezonlariga tushuvchi oilalarga:
- elektr energiyasi iste’moli boʻyicha oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
- tabiiy gaz iste’moli boʻyicha isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narхlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
2025/2026 yillar isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilarga 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlanadi:
• Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
• reyestrlarga kiritilmagan, lekin «mahalla yettiligi» хulosasi asosida yordamga muhtoj oilalarga.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.04.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev