Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025 yildagi 158-son qarori bilan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Prezidentning 23.09.2024 yildagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilgan, u toʻgʻrisidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.
Jamgʻarmaning asosiy maqsadi – "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan shaхslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaхslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- Jamgʻarmani boshqarish tartibi;
- Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
- mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari;
- Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
- Davlat byudjetidan har yillik transfertlar;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq boʻyicha daromadlardan ajratmalar;
- хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablagʻlari, boshqa хorijiy donorlarning iхtiyoriy yordami;
- jismoniy va yuridik shaхslarga berilgan kreditlar boʻyicha olingan summalar;
- Jamgʻarmaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
- qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova