Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi "Yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish ob’yektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-614-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning 06.09.2024 yildagi PF-135-sonli Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan ilgari mavjud boʻlgan va yangi ajratilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) yer uchastkasining ruхsat etilgan foydalanish turiga muvofiq boʻlishi shart.
Hujjatda quyidagilar belgilangan:
- kapital qurilish ob’yektlariga yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning maqsadli vazifasiga nomutanosib zarar yetkazmasdan koʻchirib boʻlmaydigan binolar, inshootlar va tugallanmagan qurilish ob’yektlari kiradi;
- bir hududiy zonada joylashgan barcha yer uchastkalari uchun ularga tutash yer uchastkalari ruхsat etilgan yer uchastkalari deb tan olinadi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish ob’yektlaridan foydalanish maqsadlari har bir hududiy zona uchun tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamenti talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarida aks ettiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- yer uchastkalaridan foydalanish turlari va kapital qurilish ob’yektlarining yagona klassifikatori;
- ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turini aniqlash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti;
- Yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi Ma’muriy reglament;
- Yer uchastkasidan shartli ravishda ruхsat etilgan foydalanishga ruхsat olish boʻyicha Ma’muriy reglament.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 1 oktyabrdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova