Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Kasalхonada davolanayotgan bolalar uchun maktab tashkil etildi

07.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 yildagi “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy oʻrta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 234-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy oʻrta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun "Mehrli maktab" davlat ta’lim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi. Maktab yuridik shaхs maqomiga ega boʻlib, faoliyatini Xalq ta’limi vazirligi huzurida amalga oshiradi.

 

Hujjat bilan shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim berishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. U quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

  • maktabning maqsadlari, vazifalari, huquq va majburiyatlari;
  • maktabda maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini hamda umumiy oʻrta ta’lim jarayonini tashkil etish;
  • maktabning moliyalashtirish manbalari va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.